Izohli lug‘at
ibo
ибо
Ma’nolari
- Andisha, sharm-hayo bilan tortinish, shunday his-sezgi, uyalish.
- Ibo qilmoq. Ibo hissi bilan tortinmoq, uyalmoq; tiyilmoq.
- Oʻzini, nafsini tiyish, sabru qanoat.
- Ibo (xotin-qizlar ismi).
Misollar
- Dilora kulib, charaqlab qaytib kelganda, Gʻulomjon har qanday iboga parvo qilmay, boʻlasi yoniga bordi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Kravsova bu "shaloq" yigitning bunchalik ibo bilan qilayotgan harakatidan kulgisi qistadi. — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Anvar mehmonxonaga kirib keluvchi Sultonalidan ham ibo qilmay.. sandal ustiga engashdi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Tohir chang bosgan chorigʻi bilan koʻrpachaga chiqishdan ibo qildi-yu, poygahdagi sholcha ustiga oʻtirdi. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
Kelib chiqishi
[ arab. –qarshilik, koʻnmaslik; gʻurur, magʻrurlik, takabburlik ]
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0