Izohli lug‘at
ibrat
ибрат
Ma’nolari
- Namuna, oʻrnak boʻladigan ish, xatti-harakat va sh. k.
- Ibrat olmoq Oʻrnak olmoq, oʻrganmoq.
Misollar
- Bola tarbiyasida ota-onaning ibrati, ayniqsa, bebaho. — Gazetadan.
- Men koʻrdim teatrni.. Men borganimda, bir ilmsiz bolaning bezori boʻlib ketganini koʻrsatishdi, xolos. Maktab emas, ibrat deng! — Oybek — Tanlangan asarlar..
- Yangilikni tarqatishda dadil boʻlish kerak, xalq oʻzimizdan ibrat olgani yaxshi. — Oybek — O. v. shabadalar.
Kelib chiqishi
arab. – oʻgit, pand-nasihat; namuna, oʻrnak
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0