Izohli lug‘at
ichki
ички
Ma’nolari
- Ich qismda, ichkarida joylash-gan; ichkarigi, ichkaridagi.
- Ichki aʼzolar Odamlar va hayvonlar gav-da (tana)sining ichki boʻshlikdarida joy-lashgan va oʻziga xos bir yoki bir necha va-zifa bajaruvchi aʼzolar. Ichki kasalliklar 1) ichki aʼzolar kasalliklarining umumiy nomi; 2) klinik tibbiyotning ichki aʼzolar kasalliklarining kelib chiqishi, pa-togenezi va klinik koʻrinishlarini, ular-ning diagnozlarini anikdashning, davo-lash hamda profilaktikasining metodla-rini oʻrganuvchi sohasi. Ichki kiyimlar Ochiq badanni yopib turish, ter va b. ajral-malarni shimib olish va sh. k. uchun xizmat qiladigan, badan bilan tashqi engillar oraligʻida foydalaniladigan (kiyiladi-gan) gigiyenik kiyimlar.
- Ich qism (tomon)ga oid; zid. tashqi.
- Mamlakat, davlat, tashkilot va shu kabilarning oʻz ichida va oʻz ishi bilan bogʻliq boʻlgan.
- Kishining ruhiy dunyosiga, kechinma-lariga oid.
- (-lar qoʻshimchasi bilan) Temu-riylar, boburiylar va shayboniylar sal-tanatida hukmdor saroyida xizmat qiluv-chi navkarlar, xos qoʻshinlar; hukmdorga yaqin mulozim va beklar.
Misollar
- Ichkihovli. Ichki eshik. n
- Oyqiz Olimjondan kelgan xatni.. nimchasining ichki choʻntagiga yashirdi-da, darrov oʻrnidan turdi. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- Jurnalning tashqi va ichki bezalishi izchil takomillashtirib borilmogʻi kerak. — Gazetadan.
- Binoning ichki pardozi hali uncha bit-magani.. uchun choyxona hali bu yerga koʻchmagan, bino hozircha klub vazifasini oʻtab turar edi. — A. Qaqhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Davlatning ichki ishlari. Ichki im-koniyatlar. Ichki nizolar. Ichki va xalqaro hayotga oid masalalar.
- Uning.. oqish yuzi ichki kechinma-larini uzluksiz aks ettirardi. — P. Qodirov — Uch ildiz.
- Kishining ichki hissiyotini yuzida-gi oʻzgarishlardan tezda payqab oluvchi Is-lomxoʻja qizidagi alam-iztirobning izlari-ni darhol sezdi. — J. Sharipov — Xorazm.
- Arava-kashning ichki holatini sezib turgan Badia chidab turolmay, darhol otasini turtdi: -Suv beraymi, ota? — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Shayboniyxon koʻshkning yuqorigi qavatida.. peshin namo-zini oʻqib boʻlgan ham ediki, yasovul kirib, Sulton Ali Mirzo bir necha ichkilari bilan qalʼadan xon xuzuriga kelganini aytdi. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0