Izohli lug‘at
idda
идда
Ma’nolari
- Erdan ajragan yoki eri oʻlgan xotinga homiladorligi aniqlanguncha shariat boʻyicha erga tegish man qilingan toʻrt oyu oʻn kungacha boʻlgan muddat.
- Idda tutmoq (yoki saqlamoq) Idda amalini bajarmoq, iddaga (idda muddatiga) rioya qilmoq.
Misollar
- Mening bu xatimni, albatta, shariat peshvolari sharʼiy hisoblab, iddangiz bitishi bilan, sizga boshqa er qilishga ixtiyor bersalar kerak. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Erga tegish niyati boʻlsa, mazkur idda muddati (toʻrt oyu oʻn kun) oʻtgandan keyin ziynatlanishi mumkin. — Gazetadan.
- Sanam hali yosh, oʻn gulidan bir guli ochilmagan, bunday juvon uchun, kitoblarda ham aytilgan, olti oydan ortiq idda tutish ortiqcha ekan. — Sh. Xolmirzayev — Toʻlqinlar.
Kelib chiqishi
arab. – bir qancha; qanchadir son, kun
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0