Izohli lug‘at
ifoda
ифода
Ma’nolari
- . Bildiruvchi, aks ettiruvchi nutq birligi: soʻz, ibora, gan va b.
- . Aks ettiruvchi yoki mujassamlantiruvchi belgi, holat, ramz.
- . Biror matematik bogʻlanishni bildiruvchi formula.
- Ifoda etmoq (yoki qilmoq) Soʻz, gan yoki boshqa vosita bilan bildirmoq, anglatmoq; ifodalamoq.
Misollar
- Oʻqituvchi qisqa ifodada koʻp fikr ayta bilish mahoratiga ega boʻlmogʻi lozim. — R. Usmonov — Odobnoma.
- Bu soʻz borligʻimning, butun qalbimning Ifodasi boʻlib quyilar tilga. — Zulfiya.
- Ifoda siqiqligi sheʼrda muhim masalalardandir. — "Yoshlik".
- Qardosh mamlakatlar adabiyoti va sanʼati dekadalari — xalqlar doʻstligining ifodasidir.
- Oʻzingiz bilasiz, — dedi Sidiqjon unga maʼyus nazar tashlab; uning bu qarashida cheksiz minnatdorchilik ifodasi bor edi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Chehrasiga qalqib chiqqan alamli ifodani yashirishga urinib, burilib qaradi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbinga quloq sol.
- Algebrik ifoda. Pifagor teoremasining matematik ifodasi. Ifodani yechmoq. _
- Goʻyo u birgina soʻz va boqish bilan bu uyda va bu odamlar orasida kechirmoqqa majbur boʻldigʻi hayotining butun ogʻirligini ifoda qilmoqchi boʻldi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Sidiqjonning yuzida iljayishga oʻxshagan, lekin hech qanday maʼnoni ifoda etmagan bir narsa paydo boʻldi. — A.Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
Kelib chiqishi
arab. – anglatish, oʻrgatish; xabardor qilish; ifodalash, bayon qilish; koʻrsatma
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0