Izohli lug‘at
ilgak
илгак
Ma’nolari
- Ilib, osib qoʻyish, ilib ber-kitib qoʻyish uchun xizmat qiladigan, bir uchi qayrilgan metall moslama, ilmoq.
- Ilib olish (ilib koʻtarish, tortish va b.) uchun xizmat qiladigan narsa, moslama. Birdan mashina motori gurilladi. Koʻtarma kranning toʻrtta ilgagini qotib qolgan ale-bastrning toʻrt chekkasiga ilib qoʻyishdi. S. Ahmad, Laʼli Badaxshon.
- Biror narsani, maye., kiyimni ilib, osib qoʻyish uchun xizmat qiladigan narsa.
- Tugma, toʻgʻnogʻich.
- Biror narsaga shama (ishora) tar-zidagi soʻz, ran; ilmoq.
- Gʻarazli maqsaddagi ran, soʻz, xatti-harakat va sh. k.
Misollar
- Tong otishga yaqin qadam tovuiiari eshitilib, qalin eshikning temir ilgaklari shaqirlab ochildi. — Mirmuhsin — Meʼmor. Gapimizga tagʻin birov xalaqit bermasin, deb eshikning ilgagini soldi. \. Nazir, Yonar daryo.
- Poʻlatjon oʻrta-dagi sepoyada turib, simga ilgak solib tort-di-da, xodaga mahkam bogʻlab, keyin qoʻyib yubordi. — S. Ahmad — Qadrdon dalalar.
- -Nega xalatsiz kirding, bolam? — deya Xo-siyat xola burchakdagi ilgakdan oppoq xalat-ni olib, Muhiddinga kiygiza boshladi.. — R. Fayziy — Choʻlga bahor keldi.
- Tergovchi sidqidildan aytgan edi, bobo, ilgak tashlayapti, deb ishon-madi. — S. Yunusov — Kutilmagan xazina.
- U [Abdubilol] ilgak topib, majlisni buzish, hech boʻlmaganda, odamlar orasiga shubha solishni oʻylardi. — S. Yunusov — Kutilmagan xazina.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0