Izohli lug‘at
ilik
илик
Ma’nolari
- esk. ayn. qoʻl (asosan egalik qoʻshimchalari bilan qoʻllanadi).
- Boldir suyagi, oyoqning tizzadan toʻpiqqacha boʻlgan qismi.
- Odamlar hamda qoʻy, mol va shu kabi hayvonlar oyoqlarining ichida moysimon modda boʻluvchi qismi; ana shu qismning (goʻshti bilan) pishirilgani.
- Shu suyak ichidagi moysimon modda, toʻqima (isteʼmol etiladi va nihoyatda quvvat-mador boʻluvchi taom sifatida qaraladi).
- Iligi baquvvat (yoki toʻq) Kuch-madori yaxshi, kuch-quvvatga toʻla; boʻliq.
- Ili-miliq ayn. iliq-miliq.
Misollar
- Sabr aylasang, murodingga yetarsan, Nasib boʻlsa, yor ilkidan tutarsan. — Tohir va Zuhra.
- ..Xitoy qizlari moʻgʻul yigitlari ilkiga tushmaslik uchun yonib turgan uylar ichiga oʻzlarini urganlarini oʻz koʻzim bilan koʻrdim. — M. Osim — Karvon yoʻllarida.
- Sizga mening maslahatim — Andijonda koʻp turmang. Ilikka tushib qolursiz. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar
- Birodaring Abu Tolib joʻja-birday jon, qahatchilik bechoraning iligini chaqib qo'ydi.
- Iligini sindirib olmoq. — — Oʻzbek Tilining Soʻzlar Birikuvchanligi Oʻquv Lugʻati
- Yana bu oyoq yo iligidan, yo tizzasidan qirqilgan boʻlsa ham mayli edi. — S. Zunnunova — Koʻk chiroqlar.
- Ha, koʻchaga chiqmaysan, eshitdingmi? Hoy bola! Iligingni sindiraman-u, kasalingni boqib oʻtiraveraman. — N. Safarov — Saodatning qissasi.
- -Qani, barradan oling, oʻgʻlim, — dedi u ilik uzatib. — Qoʻrqmang, bu parranda etiday yengil hazm boʻladi. — A. Mirahmedov — Qoʻylar qoʻziladi.
- Maxsum yeb tozalangan ilikni asta dasturxonga qoʻydida, hayajon ichida baqrayib oʻtirgan Boboqulga tikildi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Yana bunday toʻqimalar paysimon suyaklar ichidagi ilik, yapaloq suyaklar orasidagi mijik va kemik deb ataluvchi yogʻlardan ham iborat boʻladi. — K. Mahmudov — Oʻzbek tansiq taomlari.
- -Boʻlmasa, iligini siz qoqib yeng, dada.. — dedi oʻgʻil. — R. Fayziy — Sen yetim emassan.
- ..qopni bir hamla bilan orqaga olib, dadil koʻtarildi-yu, gʻizillab yurib ketdi. Sakson ota orqadan qarab qoldi va ichida dedi: "Iligi baquvvat ekan!" — Oybek — O.v. shabadalar.
- Hakim aka har yilgidek bu yil ham gʻoʻzani yoshligidan "iligi toʻq", baquvvat qilib oʻstirish uchun harakat qilmoqda. — N. Rixsiyev — Mirishkor. Iligi puch yoki puchaymoq) Tinka-madori qurigan; nimjon boʻlib qolmoq.
- Axir bechoralarning ishlashi uchun ham kuch-quvvat, mador kerak-ku. Iligi puchayib qolgan odam nima ishga yaraydi? — M. Hazratqulov — Jurʼat. Iligi toʻla (yoki toʻlmoq) Yetarli kuch-quvvatga ega, yetarli kuch-quvvatga ega boʻlmoq.
- Oʻtga yaxshi oʻrganib, iligi toʻlgandan soʻng ajratdim. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Temirtosh esa hokimning kiyimi ostidan bilinib turgan mushaklariga qarab, "Moy bilan goʻshtni koʻp yeb, iligi toʻlgan", deb oʻyladi. — M. Osim — — Karvon yoʻllarida. Ilik uzildi qarang iliguzildi.
- Koʻklam chogʻi, ilik uzildi palla, odamning sillasi qurib, lohas boʻlaveradigan kunlarning biri. — X. Sultonov — Onamning yurti. Ilik yuvmoq Qoʻl yuvmoq, aloqani uzmoq; kechmoq.
- Qolmadi hurmat ahli olamda Olamu olam ahlidin yuv ilik. — Bobur.
- Birdaniga choʻlning havosi oʻzgardi, erta kuz boʻlishiga qaramay, esib turgan ili-miliq shabada oʻrniga qandaydir dimoqqa xush yoqadigan, bogʻlardan esayotgan yoqimli shamol kela boshladi. — S. Ahmad — Choʻl burguti.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0