Izohli lug‘at
imlamoq
имламоқ
Ma’nolari
- Imo qilmoq, imo bilan bildirmoq; im, imo bilan chaqirmoq; koʻrsatmoq.
Misollar
- Bektemirov.. odamlar orasidan cholni topib, koʻz urishtirib oldi, keyin imlab, yonidan joy koʻrsatdi. — S. Ahmad — Hukm.
- Olimov.. qoʻli bilan bolalarni imladi-da, choʻqqining ostida gʻor kabi oʻyilgan bir yerni koʻrsatdi. — H. Nazir — Soʻnmas chaqmoqlar.
- Kampir joy solayotib, Haydar otaga yana "ayting, xatni bersin", deb imladi. — A. Qahhor — Asror bobo.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0