Izohli lug‘at
imon
имон
Ma’nolari
- . Xudoga boʻlgan ishonch, eʼtiqod; koʻngilda ishonish va tilda iqror qilish.
- . Umuman, ishonch.
- Imon keltirmoq "Lo iloha" oyatini oʻqib, xudoga ishonch-eʼtiqod bildirmoq.
- Imoni komil Shak-shubhasi yoʻq, butunlay ishonadi.
- Imonini yutmoq (yoki yoʻqotmoq, sotmoq) 1) xudoga ishonchni yoʻqotmoq, dindan qaytmoq; 2) vijdonini sotmoq, vijdonsizlik qilmoq.
Misollar
- Imoniga, diniga mustahkam pokiza odam bor joydan ajina yuz chaqirim nariga qocharmish. — S. Ahmad — Hukm.
- Vatanni sevmoq ham, ilm oʻrganish ham, kattalarni hurmat qilish ham, tozalik ham imondandir. — Gazetadan.
- Masalan, Paygʻambarimizdan rivoyat qilinadiki, Imon oltmishdan ziyod shuʼbalardan — tushunchalardan tashkil topgan, hayo esa oʻshalarning biridir — Gazetadan. —
- Mufti oʻz ixtiyoridagi turli vositalar orqali Mirzoni tekshirib koʻrdi. Uning “sof millatchi” muhojir ekaniga imon hosil qildi. — A. Hakimov — Ilon izidan.
- Eshon.. boʻgʻilibroq davom etdi: Yoʻq, bandaning ishi haq taologa imon keltirmoq! — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Bu odamlar xudoga ertayu kech ibodat qilar, har bir soʻzda unga imon keltirar.. edilar. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Biroq Elchiyevning imoni komilki, shu asnoda hech kim qizichalik qattiq kuymasdi unga. — E. Aʼzamov — Javob.
Kelib chiqishi
a. إِيمَان — ollohga ishonch; liniy eʼtiqod
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0