Izohli lug‘at
imtihon
имтиҳон
Ma’nolari
- Oʻquv muassasalarida talabalarning oʻquv dasturlarida belgilangan bilimni qanchalik oʻzlashtirganligini tekshirish, soʻrab, sinab koʻrish va baholash.
- Umuman, sinov, tekshirish.
- Davlat imtihoni Oʻquv muassasasini bitirishda oʻtkaziladigan rasmiy imti-hon.
Misollar
- Institut-ga kirish imtihoni. Imtihon komissiyasi. Imtihon bermoq (topshirmoq). Imtihon olmoq. n
- Bir tomonda yozgi imtihonlar ham yaqinlashib qolibdi. — S. Zunnunova — Yangi direktor.
- Aziza qishki imtihonlarni topshi-rib, rayonga qaytishi bilan ishga tushib ketdi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloqsol.
- Bu savol oʻziga ishonarli javob talab qilish bilan birga, asrlar boʻyi targʻib va tatbiq qilib kelinayotgan bir asos mantiqiga imtihon ham edi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Zoʻr ja-sorat bilan hujum boshlagan azamatlar tabiatning dahshatli kuchi — boʻron usti-dan gʻolib keldilar va qiyin imtihondan sharaf bilan oʻtdilar. — Sh. Rashidov — Boʻron-dan kuchli.
- Nabijon birinchi davlat imtihonini topshirgan kuni Muborak uni katta gul-dasta olib kelib tabrikladi. — S. Zunnunova — Koʻk chirokdar. Imtihon qilmoq Sinab koʻrmoq, sinovdan oʻtkazmoq.
- Sergey Qobilni yana bir bor sinab koʻrishga, uning vijdonini, izzat-nafsini soʻnggi marta imtihon qilishga qaror berdi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- ..jurnalning soʻnggi sonlaridan birida bosilgan falsafiy bir maqola toʻgʻrisida soʻz ochib, zimdan uni imtihon qildi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
Kelib chiqishi
a. -I — sinov; tajri-ba
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0