Izohli lug‘at
injiq
инжиқ
Ma’nolari
- Uncha-munchani yoqtirmaydigan, aytganga koʻnavermaydigan (yuravermaydigan).
- Serxarxasha.
- Tashvish-xarxashasi koʻp; mashaqqatli; oʻzgaruvchan, bir xilda turmaydigan.
Misollar
- Avaz oʻz feʼlini biladi: u injiq, yuragi tor, qoʻrs. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Bu voqeadan soʻng u toʻnini teskari kiyib, oʻta injiq boʻlib qoldi. — Yoshlik. —
- Bola yigʻloqi, injiq, saldan-salga yotoqxonani boshiga koʻtarar.. — J. Abdullaxonov — Xonadon.
- Kuzning birinchi oyi tugab, oktyabrning yogʻin-sochinli injiq kunlari boshlandi. — D. Nuriy — Osmon ustuni.
- Hech qaysi ekin paxtadek murakkab, talabchan, injiq va mashaqqatli emas. — Gazetadan.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0