Izohli lug‘at
inmoq
инмоқ
Ma’nolari
- Oʻtirmoq, qoʻnmoq.
- Yuqoridan pastga tushmoq.
- Kirmoq, paydo boʻlmoq.
Misollar
- Oyparcha, hazratning soʻzlari taʼsiridan koʻzlariga yosh ingancha, merganga qaradi. — Sh. Xolmirzayev — K,il koʻprik.
- Barglarga shudring ingan, Havo qimizday tingan. — S. Akbariy.
- Poda qirdan indi. m
- Oʻynar boʻron, chir aylanib qor, tinmay inar koʻkdan yer sari. — Uygʻun.
- Suhrob togʻasining ushbu soʻzlarini eslarkan, tit-roq vujudiga quvvat inganday boʻldi. — Gazetadan.
- Tu ni bilan choʻmdim xayolga, koʻzlarim-ga inmadi uyqu. — N. Narzullayev.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0