Izohli lug‘at
ip
ип
Ma’nolari
- Umuman, bogʻlash, oʻrash va sh. k. maqsad-lar uchun qoʻllanadigan narsa (maye., shnur, kanop, chilvir).
- Pay, ichak va shu kabilardan cholgʻu asboblari uchun tayyorlangan tor.
- koʻchma ayn. rishta 3.
- Yoʻl, chiziq, xat.
- Burnidan ip oʻtkazmoq Aytganiga, ayt-gan yoʻliga yuradigan qilmoq.
Misollar
- Buni sotib, charm, ip, sirach, mum singari kosib-chilik uchun kerakli ashyolarni oladi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Botinka ipi. Mard yigit qoʻlida ajdar oʻladi, Nomard odam ipni aj-dar biladi. — Maqol. n
- Togʻasi, soʻyilgan qoʻyning ipini oldi-yu, shoshib, tashqariga chiqib ketdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Meli polvon.. dutor-ga achchiq qilib soʻzladi: -Seni oʻylab topgan Aflotunni koʻp aqlli odam oʻtgan deydilar-u, faqat ipingni uzilmaydigan qilib yasash-ga aqli yetmabdi-da. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Doʻstlik ipi. Mu-habbat ipi. n
- Doirachi, raqqosa va sozanda-lar oʻrtasida tomoshabin sezmaydigan nozik aloqa ipi mavjud. — T. Obidov — Yusufjon qiziq.
- Hayotning koʻngli choʻkib ketdi, lekin joni chiqib qolgan umid ipini uzgisi kel-madi. Faqat kallasini qimirlatib, "xoʻp" deb qoʻya qoldi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Uzoqda, kecha-ning qora chodiriga burkangan daraxtlar us-tidan.. oʻqlar.. havoda olov ip chizib uchardi-lar. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Nasihat qil-mang menga. Burniga ip oʻtkazaman, deboʻyla-mang. — S. Zunnunova — Uzilgan ip.
- Bolaginam-ga ega chiqib, burnidan ip oʻtkazib oldi bu dogʻuli. — S. Ahmad — Choʻl burguti. Ip esholmay-di Teng yoki bas kela olmaydi.
- Sizning sar-polaringizni kiygandan keyin biram ochilib ketdiki.. jannatdagi huru gʻilmonlar ham uning oldida ip esholmaydigan boʻlib qoldi-lar. — B. Rahmonov — Mardlar qissasi. Ipidan ignasigacha Butun tafeiloti bilan, may-da-chuydasigacha; batafeil.
- Siz ayting, axir, siyosatni ipidan ignasigacha bilasiz, men nima qilsam boʻladi endi? — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Kechqurun otam ishdan qaytgach, onam yigʻlab-yigʻlab, voqeani ipidan ignasigacha aytib ber-di. — H. Tursunqulov — Hayotim qissasi.
- Bir necha minutdan soʻng turib.. ignani oldi, qayerdandir ip topib, eski, seryamoq koʻylagining yirtigʻini tikish-ga oʻtirdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
Kelib chiqishi
1 Paxta, xom ipak, zigʻir, jun va sh. k. tolasidan ingichka qilib yigirilgan yoki yigirilmagan tikuv, toʻquv materiali. Pishiq ip. Xom ip. Mashinaga ip solmoq. Ip gazlama. sht [Alioxun
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0