Izohli lug‘at
iqror
иқрор
Ma’nolari
- Tan olish, boʻyniga olish; eʼtirof etish.
- Iqror boʻlmoq (j. k. bilan) Tan olmoq, boʻyniga olmoq, eʼtirof etmoq.
- Iqror qilmoq (t. k. bilan) iqror boʻlmoq.
Misollar
- [Uning] Tengi yoʻq, xushroʻyligiga hamma iqror. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- Oqkoʻngil Nafisa ishonuvchanlik bilan yoʻl qoʻygan xatosiga iqror: kul deb, olov changallab olganidan dardi ichida. — Shuxrat — Jannat qidirganlar.
- Qiz ammasining oyogʻiga yiqildi va oʻz qilmishiga iqror boʻldi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Toʻgʻrisi u, Mehrining chaqqonligiga qoyil boʻlgan ediku, buni iqror qilgisi yoʻq edi. — H. Nazir — Soʻnmas chaqmoqlar.
Kelib chiqishi
arab. – eʼtirof qilish; rost deb hisoblash
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0