Izohli lug‘at
irim
ирим
Ma’nolari
- etn. Biror maqsad, niyat bilan qilingan xurofiy tadbir (maye., toʻydan yaxshi niyat bilan biror narsa olib ketish; dard-baloni qaytarish, ziyon-zahmatdan, koʻz tegishdan saqlash uchun biror narsani boshdan oʻgirib tashlash va b.).
- Irim qilmoq Biron-bir falokat, ziyon-zahmatga yoʻliqmaslik yoki uning oldini olish chorasini qilmoq, qidirmoq; irim tarzida biror narsa qilmoq.
Misollar
- Ona-bola dar-vozadan chiqayotganda esa, irimini qilib, qoʻlidagi oyna ustiga obdastadan suv yugur-tirib, Latofat bilan kelini koʻzdan gʻoyib boʻlguncha qarab qoldi. — S. Karomatov — Hij-ron.
- Eski irimlardan qutulib ketmagan baʼ-zi boʻltaklar.. xodaning ustiga isiriq bogʻ-lab qoʻyadilar. — A. Qodiriy — Obid ketmon.
- Ikki kampir irim qilib, Malikaning dard tutayotgan-ligini hech kimga bildirmaslikka tirishib.. eshikni ham zanjirlab qoʻyishgan edi. — Mirmuhsin — Chiniqish.
- Oxiri u irim qilib, huj-rasining eshigini qulflamay, koʻchaga chiqdi. — S. Ahmad — Hukm.
- Xadicha xola burungiday uning.. peshonasidan oʻpdi, duo qildi, irim qilib, kuzatgani chiqmadi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0