Izohli lug‘at
iroda
ирода
Ma’nolari
- . Maqsadni yuzaga chiqarish uchun kishida boʻlgan matonat va qatiyat.
- . Ixtiyor, xohish.
- . Iroda (xotin-qizlar ismi).
Misollar
- Kuchli iroda. Temir iroda. Irodasi yoʻq odam.
- Ular qurollari sinsa — qoʻllari bilan, qoʻllari sinsa — tishlari bilan, tishlari sinsa — irodalari bilan qazish qasdida kelgan suv tashnalari edi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- [Turgʻunboyning] Koʻnglini qandaydir shubha va norozilik tatalab turgan boʻlsa ham, biron qarshi fikr aytishga irodasi yetmadi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Oʻz irodasiga qarshi ish qilmoq.
- Huquqiy davlatda ozchilik, agar mard boʻlsa, koʻpchilikning irodasiga itoat qiladi. — E. Yusupov — Istiqlol yoʻlida.
Kelib chiqishi
arab. – qasd, niyat, istak
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0