Izohli lug‘at
is
ис
Ma’nolari
- I 1 Narsaning sezgi aʼzosi (burun)-ga taʼsir etish xususiyati va shu taʼsir na-tijasida yuzaga keluvchi sezgi; hid.
- Darak beruvchi belgi, ishora.
- Is biladi Juda sezgir.
Misollar
- Isi bor. Isi yoʻq. yash Qimirlatishdan rayhonlarning oʻtkir isi oʻqtin-oʻqtin dimoqqa kelib uri-nar edi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Bogʻ-ma-bogʻ oshib esayotgan shamol dimoqqa alla-qanday xushboʻy islarni olib keladi. — S. Ahmad — Hukm.
- Tongda tandir qizdirildi. Non isi tarqadi. — T. Malik — Ajab dunyo.
- Nizomulmulk muhim bir narsaning isini pay-qaganday, atrofga alanglab, indamasdan uning orqasidan yurdi. — Oybek — Navoiy.
- Chogʻimda, tuhmatning isi keladiyov bu ishdan. — S. Ahmad — Hukm.
- Oyoq ostidagi nam tuproqdan inson uchun juda yaqin qon-qarindoshlik isi dimoqqa uri-lardi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- -Juda soz, birok, siyosiy, tarbiyaviy ishning isi ham yoʻq, — dedi Sayramov. — Oybek — O.v. shabadalar.
- Oʻn chaqirimdan is biladi bu muttaham. — Is olmoq Xufiyona sezmoq.
- Shoʻrvaning isini olib, starshiy bilan ellikboshi, qorovul kirib keldi. — Hamza — Paranji sirlari. Isini chiqarmaslik Osh-kor qilmaslik, hech kimga bildirmaslik.
- Bizga nimani bu yurgan edinglar? Qizni olib qochish ham bir qancha vaqt isini chiqarmay saqlash, shundaymi? -Shunday. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Ikkita xotiningiz borli-gining isini ham chiqarmay, bugun uchinchi xo-tinga uylanyapsiz.. — A. Muhiddin — Chap choʻntak.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0