Izohli lug‘at
ishora
ишора
Ma’nolari
- . Koʻz, qosh, qoʻl, bosh va b. harakati bilan berilgan belgi, imo, shuningdek, gap bilan yashirin tarzda ifodalangan maʼno; shama.
- . Maʼlum maʼno ifodalovchi, vazifa bajaruvchi belgi, alomat.
- Ishora qilmoq Biror maʼno (mazmun)-ni bildiruvchi imo-ishora bermoq, gap-soʻz aytmoq.
Misollar
- Hoʻkizga — turtki, donoga ishora kifoya. — Maqol.
- Safarov koʻz va qosh ishorasi bilan Samandarovga: "Evi-da-da! Bu gaplar, bu muomala ortiqcha", deganday qildi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Mingboshi tomdagi karnaychilarga "bas" ishorasini qildi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Zulfiqor baʼzan bu qiz nima demoqchi, deganday xayolga choʻmar, Badianing xatti-harakatlari, qiliqlari, gaplaridagi ishora uni chuqur oʻylashga majbur etardi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Zumrad Mavlon Isayevichning ishorasini tushundi: "Axir men tufayli kelding bu yerlarga, tentak. Boʻlmasa, yurarding hozir dala kezib..". — S. Siyoyev — Otliq ayol.
- Trigonometrii funksiyalarning ishoralari.
- Roʻzimboy akaning choyxonasida Ramazon noʻgʻay oʻqiydigan gazetalarda nozik ishoralar bor edi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Maktubdagi tushunish qiyin boʻlgan nuqta va ishoralar yana bir qayta zahar sochib oʻtgandek boʻldilar. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Polizning boshiga yetib kelishdi. "Toʻxtanglar" degan ishora qildi Hakim. — M. Hazratqulov — Jurʼat.
- Oqillar omon boʻlsin! — deb duo qildi Mutrib, Avazning bugungi oqibatiga ishora qilib. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
Kelib chiqishi
arab. – koʻrsatma; kengash; imo-ishora, belgi
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0