Izohli lug‘at
ishrat
ишрат
Ma’nolari
- Kayf-safo, maishat bilan fahsh ishlar qilish.
Misollar
- Yana yangi ovqatlar, ichimliklar, laganchalarda anor va olmalar keldi. Ishrat qizib ketdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Ishrat kechalarining birida Hoji xola xoʻjasiga soʻnggi qadahni tutdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Bechora kanizak hukmdorning bir kechalik ishrati uchun qurbon boʻlib ketdi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Muhabbat birla chekkan gʻurbating rohat bilan tengdir. Muhabbatsiz va lekin ishrating kulfat bilan tengdir. — E. Vohidov — Muhabbatnoma.
Kelib chiqishi
arab. — (biror kimsa bilan) doʻstlashish, aysh, xursandchilik qilish
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0