Izohli lug‘at
ishtiyoq
иштиёқ
Ma’nolari
- Zoʻr istak, xohish.
Misollar
- Ishtiyoq bilan ishlamoq.
- Jurnalning nomi "Maorif va oʻqituvchi" edi. Adolatning koʻnglida uni oʻqishga ishtiyoq tugʻildi. — S. Zunnunova — Gulxan.
- U [Umid] juda ishtiyoq bilan yozardi, fikrlar ham quyilib kelardi. — Mirmuhsin — Umid.
- U [Qudrat] qadrdon doʻstlarini.. koʻrish ishtiyoqi bilan yonar edi. — M. Ismoiliy — Fargʻona t. o.
Kelib chiqishi
arab. اشتياق – mushtoqlik, dil xohishi; intilish
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0