Izohli lug‘at
isloh
ислоҳ
Ma’nolari
- . Oʻzgartish kiritib yaxshilash, tuzatish.
- . Tubdan yoki asosan oʻzgartish, yangilash.
- Isloh qilmoq Oʻzgartish kiritmoq, yangilamoq.
Misollar
- Isloh, albatta, lozim.. bizda har xil bidʼat ishlar koʻp. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Qorixonalar oʻrnida hunar oʻrgatuvchi maxsus ustaxonalar ochmoq kerak. Madrasalarda isloh oʻtkazishni taklif etaman. — S. Siyoyev — Avaz.
- Oliy va oʻrta maxsus taʼlim islohi hozirda mavjud barcha koʻnikmalardan kechishni talab qilayotir. — Gazetadan.
- Suv Govxona vohasigacha oqib borib, undan yana ikkinchi nasos stansiyasi orqali oʻn toʻqqiz metr balandlikka chiqarilishi kerak. Lekin biz buni isloh qilmoqchimiz. — J. Abdullaxonov — Toʻfon.
- Isloh qilish loyihasi oʻzining koʻzda tutgan oʻzgartishlari miqyosi jihatidan juda chuqur taassurot qoldiradi. — Gazetadan.
Kelib chiqishi
arab. – tuzatish, yaxshilash; taʼmirlash
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0