Izohli lug‘at
islohot
ислоҳот
Ma’nolari
- Ijtimoiy hayotning biron-bir tomonini jiddiy oʻzgartish; isloh.
- Yer islohoti 1920—26 yillarda Oʻrta Osiyoda mahalliy boylarga qarashli yerlarning bir qismini tortib olib, yersiz, kam yer dehqonlarga bepul taqsimlashdan iborat islohot va shu islohot bilan bogʻliq boʻlgan tadbir-choralar.
Misollar
- Navqiron yangi davlatimizda iqtisodiy-siyosiy islohotlar bilan bir qatorda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga ham ustuvorlik berildi. — Gazetadan.
- Oʻtkazilayotgan har bir islohot jamiyat manfaatiga xizmat qilgan taqdirdagina kutilgan samarani beradi. — Gazetadan.
- Barcha jabhalarda islohotlar ketayapti. Nazarimda, inson farzi, burchi, qadri maʼnosida ham oʻzbekona harakatlar qilmoq vaqti yetganga oʻxshaydi. — Gazetadan.
- Ismat yer islohoti, kolxoz tuzumi davrida juda katta ish koʻrsatdi. — S. Karomatov — Soʻnggi barxan.
- Shoʻro yer islohoti oʻtkazdi, katta akam Abdukarimga oʻn sakkiz tanob yer tegdi. — "Yoshlik".
Kelib chiqishi
arab. — "isloh" s. koʻpl.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0