Izohli lug‘at
issiq-sovuq
иссиқ-совуқ
Ma’nolari
- Issiq va sovuq; har xil darajadagi havo sharoiti.
- Hayotning yaxshi-yomon, ogʻir-yen-gil kunlari, har xil sharoitlari. Yusufbek hojining: -Oʻgʻlim yosh, sen dunyoning issiq-so-vugʻini totigan va mening ishongan kishims/an.. — deb taʼkidlashi.. quloqlari ostida tak-rorlangandek boʻlar edilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Issiq va sovuq taomlar, kundalik yeyiladigan, ichiladigan narsalar. Temir polvonning oʻgʻil-qizlari ahyon-ahyon uning is-siq-sovugʻidan xabar olib turishardi. Q. Ken-ja, Notanish gul.
- etn. Kishini goʻyo biror kimsaga "isi-tadigan" yoki undan "sovitadigan" amal, duo va sh.k. narsalar. Dalayu dashtlarda odamlar-ni kuf-suf qilib, ezibichki yozib berib, is-siq-sovuq qilib, binoyidek tirikchilik qilib yuribman. Gʻ. Gʻulom, Shum bola. Keyin-gi qildirgan issiq-sovugʻi kor qildi, shekil-li, biratoʻlasiga Margʻilonni tiliga olmayoq qoʻydi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
Misollar
- Oʻlim yetib keldi. U eng avval suyaklari juda moʻrt va etlari issiq-sovuqqa chiniqmagan goʻdakni nishonga oldi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Och qolib, issiq-sovuq demay kurashganimizni.. faro-von turmushni orzu qilganimizni xotirlashdi. — K. Yashin — Hamza.
- [Boshliq] Qirq beshlar chamasida, ancha pixi qayrilgan, issiq-sovuqni boshdan kechir-gan. — S. Abdulla — Kuyovlar, kelinlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0