Izohli lug‘at
issiqlik
иссиқлик
Ma’nolari
- . Issiq holat (daraja).
- . issiq 1.
- . Xalq tabobatida: yuqori kaloriyali taom, yegulik-ichkiliklar (qazi, palov, shirinlik va b.)
- . Qattiq terlash va terning sekin bugʻlanishi oqibatida yoki birorta kasallik tufayli terida paydo boʻladigan toshma, pufakchalar.
- . Yaxshilik, foyda, yorugʻlik.
Misollar
- Qum barxanlari silsilasi uzra jimirlab harorat koʻtarilar — bu yerda issiqlik juda baland boʻlishiga qaramay, Meʼmor qiynalmay nafas olar edi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Reaktorda boʻladigan issiqlikni chiqarib tashlash uchun ikki konturli sistema qoʻllanadi. — "Fan va turmush". —
- Kumush issiqlik va elektrni boshqa metallarga qaraganda yaxshi oʻtkazadi, yorugʻlikni yaxshi qaytaradi. — Gazetadan.
- Yalpiz. Issiqlik.. siqib chiqarilgan seliga picha sirka qoʻshib ichilsa, ichki aʼzolarda sodir boʻladigan qon quyulishini toʻxtatadi. — K. Mahmudov — Koʻkda gap koʻp.
- Sharq xalqlari orasida ovqatlarni "issiqlik" va "sovuqlik" deb boʻlib ham yuritiladi. — N. Ismoilov — Kasallarni parvarish qilish.
- Bolaning badaniga issiqlik toshibdi.
- Dehqon bundan issiqlik chiqishiga ishonchini yoʻqotgach, asabiylashgan holda qichqirdi. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0