Izohli lug‘at
istibdod
истибдод
Ma’nolari
- Mustabidlarning mahkumlar, mazlumlar ustidan cheklanmagan huquqiga asoslangan jabr-zulm, ezish; shu asosga qurilgan idora usuli.
Misollar
- Toshkent xalqi Azizbek istibdodidan ortiq toʻydi, kimdan koʻmak soʻrashni ham bilmaydir. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Xatto Oliy kengash Buxoroda amirlik yiqitilganidan, istibdodga barham berilganidan qanoatda ekanini bayon qilibdi. — Sh. Xolmirzayev — Qil koʻprik.
Kelib chiqishi
[ arab. –oʻzboshimchalik, zoʻravonlik; mutlaq hokimiyat ]
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0