Izohli lug‘at
istihola
истиҳола
Ma’nolari
- . Andisha, mulohaza hissi; tortinish.
- Istihola qilmoq (yoki tortmoq) Shunday hisni tuymoq.
- Istiholaga bormoq istihola qilmoq.
- . Bir moddani (fizikaviy va kimyoviy termik va sh. k. ishlov berish orqali) ikkinchi moddaga to'liq o'zgarishi. Fiqh nuqtai nazaridan, “ifloslangan yoki taqiqlangan moddaning tabiatini o'zgartirib, uni boshqa, nomi, xossalari va xususiyatlaridan farq qiladigan narsaga aylantirish, deb ta'riflanadi.
Misollar
- Sharofat xola oʻyining oxiriga yetmas.. lekin istihola bilan indamas edi. — Yo. Shukurov — Orzular.
- Kelin-ku yangi tushgan oilada istihola bilan keskin harakat etolmagandir. Ammo yigitchi? — Mushtum.
- Musa zarda bilan burilib, Boʻtaga yevorgudek boʻlib tikildi, aytadigan gapi uyatliroq ekan shekilli, ayollardan istihola qilib aytolmadi. — S. Ahmad — Hukm.
- Juda istihola tortib, peshonamdan ter chiqib ketdi. — Gʻ. Gʻulom — Tirilgan murda.
- Biroq shunday filmlar ham borki, gohida ularni kino deyishga istihola qilamiz. — Gazetadan.
- Chuvak yuzli yigit sira istiholaga bormay, yana gapira ketdi. — Gazetadan. —
Kelib chiqishi
arab. – bir holatdan boshqasiga oʻtish, oʻzgarish; mumkin emaslik.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0