Izohli lug‘at
istiqomat
истиқомат
Ma’nolari
- . Biror joyda boʻlish; Yashash; Maʼlum bir manzilda doimiy ravishda yashab kelgan kishiga nisbatan.
- Istiqomat qilmoq (yoki etmoq) Biror joyda hayot kechirmoq; yashamoq, turmoq.
- . Ortga qaytmaslik; Iymon keltirgandan soʻng ortga qaytmasdan shu hidoyat yoʻlida bardam boʻlish, mahkam turish maʼnosida; (qayta but va sanamlarga ibodat qilib, shirkka qaytmaslikni ham tushiniladi).
Misollar
- Bundan bir necha yil burun ayollar, goʻdaklar istiqomat qilgan yertoʻla. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Koʻchat oʻtqazishni. oʻzimiz istiqomat qilayotgan hovlidan boshlaylik. — Guliston. —
- Bizdagi maʼlumotlarga qaraganda, noqonuniy savdo bilan shugʻullanuvchi shaxslarning aksariyati shu tuman hududida istiqomat qiladi. — Guliston. —
Kelib chiqishi
arab. – toʻgʻrilik, halollik; toʻgʻrilanish
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0