Izohli lug‘at
ixtiyor
ихтиёр
Ma’nolari
- . Xohish-istak erki; erk, xohish.
- Ixtiyor etmoq (yoki qilmoq) Xohlamoq.
- . Foydalanish, tasarruf yoki idora qilish huquqi; izm.
Misollar
- Kelmoq ixtiyor bilan, ketmoq ijozat bilan. — Maqol..
- Sendan hech sirimni yashirmayman. Dastlab kirgan zavodimdan oʻz ixtiyorim bilan ketganim yoʻq. — A. Qahhor — Qanotsiz chittak.
- Sogʻ boʻling, bek aka, boradigan kuningizni tayin qila olasizmi?Maʼlumingiz, kechalari boʻsh boʻlaman, shuning bilan birga, otangiz qaysi vaqtni ixtiyor qilsalar, ijobat etishdan oʻzga choram boʻlmas. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Bu yerlar kolxoz ixtiyorida.
- Direktor ixtiyoridagi mukofot fondi.
- Zavod ixtiyorida boʻlgan mashinalar.
- Koʻp umr koʻrishingiz — taqdir qoʻlida, beqarz yashashingiz — qalbingiz ixtiyorida. — "Tafakkur".
- Bizlarni.. meditsina akademiyasida bir yarim oy oʻqitib, Moskva shahar sanitariya boshqarmasi ixtiyoriga yuborishdi. — "Saodat".
Kelib chiqishi
arab. – tanlash, saylash; xohish, erk
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0