Izohli lug‘at
iz
из
Ma’nolari
- Biror narsa sathida (yuzasida) boshqa narsaning tegishi, bosilishi va sh. k. natijasida undan qolgan, uni bil-diruvchi aksi.
- Boʻynidan boʻgʻilgan. |
- Biror narsadan yoki kimsadan qolgan asar, belgi.
- Biror narsaning (uni ifoda-lovchi) kichik bir aksi; nishonasi.
- Maʼlum yoʻnalishdagi harakat (yurish) tufayli yer sathida qoladigan uzun iz, yoʻl.
- Bosib oʻtilgan (oʻtilayotgan yoki keli-nadigan) tomon, yoʻl.
- Ish-harakat, faoliyatdagi yoʻl, yoʻna-lish.
- Tramvay, poyezd va sh. k. gʻildiraklari ostiga (yurish uchun) yotqiziladigan maxsus kurilma.
- Iz olmoq Izni belgilamoq, topmoq.
Misollar
- Barmoq izi. Oyoq izi. Gʻildi-rak izi. shsh Bu yerda giyoh ham qolmabdi. Fa-sat mol tuyoqlarining tartibsiz izlari koʻrinadi. — I. Rahim — Chin muhabbat. Sodiq
- Nodir:] Panja izlari bor. — N. Safarov — Hayot maktabi.
- Tunda qalin yoqqan qor izlarni berkitishga ulgurgan edi. — Gazetadan.
- Hamma yoqda dahshatli zilzila izlari koʻrinadi: yiqilgan uylar, urilmagan devorlar, vayrona jinkoʻchalar.. — M. Ismoi-liy — Fargʻona t. o.
- -Samarqandda har qadam-da asrlarning izi bor, — dedi Ahrorov. — Oybek — O. v. shabadalar.
- Qotillar murdaning shagʻal tagida qolib ketib, umrbod izi yoʻqo-lishini moʻljallagandilar. — Gazetadan.
- Rahim Saidov surishtirishga qaror qildi.. Balki izi chiqib qolar. — Oʻ. Umarbekov — Yoz yomgʻiri.
- Yuzida eski goʻzallikning izlari hali saqlangan qirq yoshli xotin mehribonlik bilan qiziga qara-di. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- ..yuzlarida tabassum izlari koʻrina boshladi-yu, bir zum-da tarqalib ketdi. — Oydin — Hikoyalar.
- U, oʻng tomonga qiyshaygancha ingrab, tepa-likka koʻtarilayotgan mashina izidan odim-lab ketdi. — S. Karomatov — Oltin qum.
- Soy-lik daryoning bahorgi toshqin vaqtidagi izi boʻlib, "Kichik daryo" nomini olgan, kichik daryo paydo boʻlganda, haligi toʻqay orolga ayla-nar ekan. A. — Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Poyezdning qorasi oʻchguncha, moʻltirab qarab turdim, keyin yigʻ-lab-yigʻlab, izimga qaytdim. — S. Siyoyev — Yorugʻ-lik.
- Izingda termilib qoldi keksa chol, Koʻzda tavajjuhi, duosi tilda. — A. Oripov — Yil-lar armoni.
- Koʻzim izingga, qulogʻim tovu-shingga zor boʻlib oʻtiribman. — Oybek — O. v. shabadalar.
- Menham sizoʻsha tasvirini qilgan ta-barruk zotlar izidan boryapman. — K. Yashin — Hamza.
- Bu uyda ikki xotin olish bir rasm boʻlib qolgan ekan. Erim otasi, akasi izidan ketib, ustimga xotin olsa-ya.. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- ..bu yigitlar olomonning oldiga tu-shib, temir yoʻlni bosdilar va bir soatda bir necha chaqirim temir yoʻlning iz va shpallarini buzib taishadilar. — S. Ayniy — Qullar.
- Poshsholikda iz oladigan izchilarni shahar-ning toʻrt tarafiga joʻnatdi. — "Nurali". Iz quvmoq 1) izidan (orqasidan) taʼqib qil-moq, iziga tushmoq.
- Suvonjon bir qadam ham chetga chiqmasdan, jilgʻaning ogʻzigacha iz quvibbordi. — S. Anorboyev — Oqsoy; 2) topish, aniqlash harakatida boʻlmoq. Izga tushmoq 1) oʻz yoʻliga tushmoq (daryo haqida); 2) toʻgʻ-ri, maqbul yoʻl (holat) kasb etmoq, tar-tibga tushmoq (ish, faoliyat haqida).
- Sher-bek qidirgan narsasini Toshkentdan topib kelgan, bu yerdagi ishlari izga tushib ketgan bir payt edi. — S. Anorboyev — Oqsoy. Izdan chiqmoq 1) yoʻlidan (izidan) chetga chiqmoq.
- Tramvay izdan chiqibdi; 2) — tartibli yoʻli buzilmoq — ish, faoliyati yomon tomonga oʻzgarmoq.
- Mehnat intizomi izdan chiqqan, hamma tarmoqda boshboshdoqlik, egasizlik hukm suryapti. — "Mushtum".
- Koʻzboʻyamachilik va xushomadgoʻylik yoʻliga oʻtib olib, qancha rah-barlar izdan chiqmadi, jamiyatga qancha za-rar keltirmadi. — E. Yusupov — Istiqlol yoʻlida. Iziga tushmoq 1) ayn. izga tushmoq
- Keyin hayot yana oʻz iziga tushib ketadi. — O. Yoqubov — Er boshiga ish tushsa; 2) taʼqib qilmoq, taʼqibida boʻlmoq. [
- Saodat:\ Uying kuygur mirshablar izingga tushib quvladi-mi? — Oybek — Kutlugʻ qon; 3) bir yomon ish qilish yoʻliga tushmoq; payiga tushmoq.
- [Navoiy:\ Koʻrinib turibdiki, raqiblar izimga tushib, menga chuqur qazimoqdalar. — M. Osim — Ajdodlarimiz qissasi. Iziga qaytmoq 1) tezda kelgan yoʻliga (tomoniga, joyiga) qaytmoq.
- Borgin-u izingga qayt; 2) — asl — av-valgi holiga oʻtmoq (tushmoq).
- Ishlar yana iziga qaytdi.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0