Izohli lug‘at
izoh
изоҳ
Ma’nolari
- . Soʻz, ibora yoki voqea-hodisa va shu kabilarga berilgan sharh; tushuntirish.
- . Matnning ayrim yeriga kiritilgan yoki ayrim masalaga berilgan qoʻshimcha maʼlumot, tushuntirish, eslatma, uqtirish.
- Izoh bermoq 1) soʻz, ibora va sh. k. maʼnosini (mazmunini) tushuntirmoq, sharhlamoq; izohlamoq.
Misollar
- Kitob izoh va sharhlar bilan taʼminlangan.
- Zaynab keyingi soʻzlarga tushuna olmagan.. Kumushdan izohlar olmoqni edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Meningcha, savol ravshan, izohga ehtiyoj yoʻq! — A. Qahhor — Munofiq.
- Soʻzga izoh bermoq; 2) tushuntirish, izoh tarzidagi gap aytmoq.
- Bizning teatr hali yangida. Usta oʻynovchilar yoʻq, — deb izoh bera boshladi Abdishukur. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Albatta, albatta, — dedi Sunnat va Elmurodga izoh berdi: Bu xotinning ukasi bizda xizmat qiladi. Men bilan judi inoq.. — Shuhrat — Shinelli yillar.
Kelib chiqishi
arab. – tushuntirish, sharh
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0