Izohli lug‘at
izzat
иззат
Ma’nolari
- Oʻzganing hurmat-eʼtibor tuygʻusi, shunday tuygʻuli muno-sabat; hurmat.
- Izzati nafs Kishining oʻz nazarida-gi, oʻziga nisbatan izzat-hurmati; hurmat-talablik, nafsoniyat.
- Izzat (erkaklar ismi).
Misollar
- Sihat tilasang — kam ye, izzat tilasang — kam de. — Maqol.
- yaya Uham-madan izzat kutgan vaziyatda edi, biroq Barat parangdan boshqa hech kim unga eʼti-bor bermadi. — "Mushtum".
- Kelinoyilari Nuri uchun emas, balki qaypana izzati uchun ay-lanib-oʻrgilib koʻrishishdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- U yoshligidan koʻpchi-likning hurmatini qozonib oʻsgani uchun, izzati nafsi, yigitlik gʻururi juda kuchli edi. — P. Qodirov — Uch ildiz. Izzat saqla-moq Izzat-hurmat qilgan holatda boʻlmoq.
- Gʻulomjon tutgan taburetkaga [Matqo-vul aka) oʻtirdi, qoʻllarini qovushtirib, izzat saqladi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha. Izzat qilmoq Hurmat-ehtirom koʻrsat-moq.
- Yigitlar.. uni shunchalik izzat qili-shar ediki, Asqar ota bu juvonning oddiy traktorchigina ekaniga shubhalanib qoldi. — A. Qahhor Xotinlar.
Kelib chiqishi
a. عِزَّة — shon-shuhrat, hurmat; afzallik; ulugʻlik
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0