Izohli lug‘at
jabr
жабр
Ma’nolari
- Jismoniy yoki ruhiy azob; zulm, adolatsizlik.
- Jabr koʻrmoq (yoki chekmoq, tortmoq) 1) azob chekmoq, azob tortmoq, zulm koʻrmoq; zulm ostida ezilmoq, qiyinchilik koʻrmoq.
- Jabr qilmoq 1) azob bermoq, zulm oʻtkazmoq, qiynamoq.
Misollar
- Politsiya mahkamasi oldidan oʻtar ekan, har kimni titroq bosar, uning jabrini, dahshatini xalq har kuni, har soat, har minut totib turar edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Kimga borib dod etay zolim falakning jabridin. — Muazzamxon.
- Yoshligimda qaynananing jabrini torta-torta, tanimda jon qolgan emas. — A.Qahhor — Ogʻriq tishlar. 2) moddiy zarar koʻrmoq, ziyon tortmoq.
- Zavod egasi boʻlishiga qaramay, u ham jabr koʻrgan ekan. — A. Qahhor — Yillar.
- Siz ikki kelin ushlashni bilmabsiz, Zaynabga jabr qilgan koʻrinasiz. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar. 2) moddiy zarar yetkazmoq, ziyon bermoq.
Kelib chiqishi
[ arab. ] zulm
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0