Izohli lug‘at
jahannam
жаҳаннам
Ma’nolari
- Gunohkorlarning ruhi narigi dunyoda doimiy azobda yashaydigan joy; doʻzax.
- Chidab boʻlmaydigan sharoit, azob, ogʻir muhit.
- kam qoʻll. Jarlik, jar; tubsiz yer.
- Jahannamga yubormoq; Oʻlimga yubormoq, oʻldirmoq.
Misollar
- -Jahannam qaʼriga ketibdi zolim! — deb gap otdi Sodiq temirchi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Oktyabrning oxiri edi. Kun issiq boʻlsa ham, lekin yoz oylarining jahannamiga nisbatan bu faslning havosi pokistonliklar uchun juda muloyim, hatto salqindek sezilar edi. — Oybek — Nur qidirib.
- Nega ona toʻngʻich qizini jahannamga tashlamoqchi? Ostin-ustin boʻlib ketdimi bu dunyo? — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Gulnor uch kunni jahannam azobida oʻtkazdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Nima qilardi deysiz, hamma gap suvdada. Mana shu jahannamda oqayotgan suvni baland koʻtarib, choʻllarni obod qilmoqchi boʻlgan, deydilar. — Oydin — Shirin keldi.
- Bola uchinchi dev bilan ham olishib, yetti kundan keyin, oxiri jonini jahannamga yuboribdi. — "Oltin beshik".
- -Pashsha talayaptimi, hozir hammasini jahannamga yuboramiz, qoracham! — pashshalarni ezib davom etdi Joʻra. — Oybek — Tanlangan asarlar.
Kelib chiqishi
arab. – doʻzax
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0