Izohli lug‘at
jangovar
жанговар
Ma’nolari
- esk. q. jangchi. Katta maydon jan-govarlar bilan toʻla. Oybek, Navoiy.
- Urush, jangga oid, urush-jang bilan bogʻliq.
- Janglarda chiniqqan, urush-janglar-da oʻzini koʻrsatgan; shijoatli.
- Kundalik, har doimgi; faol; otashin.
- Juda muhim, tez fursatda bajarili-shi zarur.
- Jangovar varaqa Zarbdor ishlarni yoritadigan yoki unga daʼvat qiladigan va-raqa.
Misollar
- Jangovar harakat. Jangovar tartib. m
- Petka uning soʻziga diqqat bshshn quloq soldi-da, miyigʻida kuldi va jangovar bir epizodni aytib berdi. — A. Qahhor — Oltin yulduz.
- Soʻngra.. uchinchi rota komandiriga oʻng qanotdagi dushman rotasining jangovar po-zitsiyasini aniqlashni buyurdi. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Jangovar xalq. Jangovar polk, yash Asriyan qancha koʻp zeriksa, shuncha koʻp batalonini, undagi jangovar doʻstlarini eslaydigan boʻldi. — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Jangovar yigitlarning tantiligi ularga juda qimmatga tushib ketdi. — M. Osim — Karvon yoʻllarida.
- Adolatning: "Oʻzimizni ishda ham koʻrsataylik", degan soʻzlari brigada qizla-rining jangovar shiori boʻlib qoldi. — I. Ra-him — Chin muhabbat.
- Kiyem Simferopolni ozod qilish uchun jangovar topshiriq oldi. — T. Rustamov — Mangu jasorat.
- "Jangovar varaqa"ni oʻqib turgan yosh-lar oldida Muhiddin ancha turib qoldi. — R. Fayziy — Choʻlga bahor keldi.
Kelib chiqishi
f. jjK', — shijoatli, botir
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0