Izohli lug‘at
janob
жаноб
Ma’nolari
- Oʻtmishda va hozir kishilarni, amaldor yoki davlat arboblarini ulugʻlash shakli.
- Kishi ismlariga qoʻshiladigan kesatiq soʻz.
Misollar
- Elchi janoblari. Bosh vazir janoblari.
- [Shayxulislom:] Demak, janoblarining hukmi jiddiy? [Navoiy:] Taqsir, saltanat ishlarida hazil boʻlmaydi. — Uygʻun va I. — Sulton, Alisher Navoiy.
- Bu zamonda Navoiy janoblaridek pok odam hargiz topilmas. — Oybek — Navoiy.
- -Qozi domla muhtaram Teshaboy janoblarining iltifotlaridan mamnun boʻlibdilar, — dedi qori. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Dekanatdan chiqsam, Boqizoda janoblari yalpayib, choy ichib oʻtiriptilar. — S. Karomatov — Oltin qum.
Kelib chiqishi
arab. – tomon, taraf; muhtaram zot; (koʻpincha "janoblari", "janobingiz" shaklida)
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0