Izohli lug‘at
jarchi
жарчи
Ma’nolari
- Odamlar koʻp toʻplana-digan joylarda baland ovoz bilan rasmiy eʼlonlar eshittirib yuruvchi kishi.
- Xabar-darak beruvchi.
- Tashviqotchi, targʻibot qiluvchi.
- Malay, xizmatkor, yugurdak. \Yoʻlchi] Endi barchasidan voz kechdi va oʻz ichida shun-day oʻyladi: [
Misollar
- Erta-siga jarchilar shahar va qishloqlarda xalqni hasharga chorlab, jar chaqirdilar. — J. Shari-pov — Xorazm.
- Shu payt odamlarni majlisga chaqirayotgan jarchining tovushi eshitildi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Muhammad Rahimi soniy Bahodir hazratlarining shah-riston sayriga otlanganini maʼlum qilib, ikki jarchi ikki tomonga ot solib ketdi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Qushlar misoli bir jarchi, hamma narsani oldindan ilgʻashadi. Toʻzisa, uyga qaytib kelmasa, demak, qandaydir kor-hol albatta boʻladi, xo-nadon ham toʻziydi. — "Yoshlik".
- Hamid Olimjon ilm-maʼrifat, yangi hayot jarchisi boʻlib, ixlos bilan xizmat qildi. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Abdishukur] Boylarning jarchisi ekan. — Oybek — Tanlangan asarlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0