Izohli lug‘at
jarohat
жароҳат
Ma’nolari
- Shikastlangan, singan, chiqqan, yaralangan joy; yara-chaqa.
- Katta zarar, ziyon-zahmat.
- Alam, iztirob.
Misollar
- Ogʻir jarohat. Yengil jarohat.
- Doktor nazoratida, kunlar oʻtgan sari jarohatdagi yalligʻlanish qaytib, oyogʻim yerdan yengil koʻchadigan boʻlib qoldi. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Gʻulomjon soʻnggi zarbaning ogʻir jarohatidan uzoq vaqtlargacha tuzala olmay yurdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona t.o.
- Bir chol jarohatimga kigiz kuydirib bosdi va boldirimni latta bilan bogʻlab qoʻydi. — A. Qahhor — Oʻtmishdan ertaklar.
- Biz misli koʻrilmagan qisqa muddat ichida urushning ogʻir jarohatlarini tuzatib oldik. — Gazetadan.
- Bu voqea Elmurodning dilida ogʻir jarohat qoldirdi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Mezbon oʻzi bilmagan holda hazilga yoʻyib aytgan ikki ogʻiz soʻzi bilan Yigitalining yuragidagi jarohatga tegib ketganini sezmadi. — D. Nuriy — Osmon ustuni.
Kelib chiqishi
[ yapon – yara ]
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0