Izohli lug‘at
javlon
жавлон
Ma’nolari
- : javlon urmoq (yoki qilmoq) 1) hozirlik koʻrmoq; otlanmoq; aylanmoq, sayr qilmoq.
- ) astoy-dil mehnat qilmoq; biror sohada oʻzini koʻrsatmoq.
- ) oʻynoqilamoq.
- ) koʻrinmoq, namoyon boʻlmoq.
- Javlon (erkaklar ismi).
Misollar
- Malikai ayyor, agar tursang soʻzing-da, Sening bilan yoʻlga javlon qilayin. — "Gul-shanbogʻ".
- Mana bu ot-arava sizniki, sizga berdim, qani, oʻtirib bir javlon qilib ke-ling. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Birov mehnat frontida javlon urib, ajoyibxotira qoldirsa, birov donish-mand sifatida yodgor qoldiradi. — N. Safarov — Olovli izlar
- U kuzini yumdi deguncha, xayolida qorabayir javlon qilar, taqalarining toshlarga urilib ta-qillashi quloqlariga eshitilayotganday tu-yulardi. — H. Gʻulom — Maʼshal
- Gʻulomjonning koʻnglida yay-ragan quvonch bahori koʻzlarida javlon urdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha. Javlon koʻzlar Shoʻx, yonib turgan koʻzlar.
- Bodom qovoqlari ostidagi javlon koʻzlari mamnun-mamnun kuladi, yuzlari kuladi, goʻzal gʻuncha lablari kuladi. — Shuhrat — Shinelli yillar.
Kelib chiqishi
a. yurish, sayr qilish; adashish
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0