Izohli lug‘at
jazman
жазман
Ma’nolari
- Qatʼiy qaror qilgan, qaror bergan.
- Oʻynash, xushtor
- Talabgor, daʼvogar.
Misollar
- Jazman xaridor.
- [Akbar:] Menga emas, raisga koʻrsat. Jazmaningni yoʻldan urgan oʻsha. — Uygʻun — Doʻstlar.
- Lekin sizning jazmanlaringiz koʻp ekan. — P. Qodirov — Qadrim.
- Bir oʻringa 10, 20, 30 boʻlajak student jazman boʻlgandan soʻng, kim imtihonni kamida "4", "5" ga topshirgan boʻlsa, oʻsha qabul qilinadi. — N. Safarov — Olovli izlar.
Kelib chiqishi
arab. – qatʼiy ishongan, ishonchli holda
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0