Izohli lug‘at
jigar
жигар
Ma’nolari
- anat. Odam va hayvonlarning oʻt (safro) ishlab chiqaradigan, organizmda moddalar almashinuvini taʼminlaydigan ichki aʼzosi.
- Hayvonlarning ovqat sifatida ishlatiladigan shu aʼzosi.
- Eng yaqin kishi, tugʻishganday yaqin birodar; farzand.
- Jigari suv boʻlmoq Qiynalmoq, azob chekmoq.
Misollar
- Jigarim ogʻriyapti. Jigar ka-salliklari. yash Shu qishda uning [onaning] jigari xastalanib, oyoqlari shishib ketdi. — U. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Alkogol nafaqat jigarga, balki oshqozon-ichak yoʻllariga, yurak tomirlariga, bosh miyaga, umuman, butun ichki aʼzolarga halokatli taʼsir koʻrsatadi. — Gazetadan.
- Qovurma jigar. Jigar kabob.
- Sen yetim emassan, Tinchlan, jigarim. — Gʻ. Gʻulom.
- Madamin buni kutmagan boʻlsa kerak, shovqin soldi: -Xizmatkorim emas! Xudoyqul mening oʻz jigarim, ammamdan qolgan sagʻir. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Avazning bir dardiga yuz dard qoʻshildi. U jigarlarini xayolchan mungʻayib kuzatib qoʻydi. — S. Siyoyev — Avaz.
- Paxta deb jigarim suv boʻldi-yu, makkajoʻxoriga nima bor. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli. Jigaridan urmoq Maftun qilmoq, yuragidan urmoq.
- Inobatxon insti-tutning birinchi kursidayoq mening jigarim-dan urib qolgan edi. — Gʻayratiy — Dovdirash. Jigari xun boʻldi q. xun I.
Kelib chiqishi
Forschadan — ichki aʼzolardan biri; bagʻir.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0