Izohli lug‘at
jihat
жиҳат
Ma’nolari
- . Taraf, tomon.
- . Biror ish, masala va shu kabilarning tarkibiy qismi, oʻziga xos xususiyati, tomoni.
Misollar
- Maydon ikki tanob kenglikda boʻlib, janubi qutidor va qoʻshnisining imoratlari.. va boshqa uch jihati ham shunga oʻxshash binolardan iborat edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Sahnning tun va kun botar jihatlari kichkina hujralar bilan oʻralgan. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- [Fotima] Oʻziga kimlarning koʻngil qoʻyganini bilar va muomalada bu jihatni hisobga olar edi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Eʼtiborxon Oxunova tabiat maftuni, uni jondan sevadi. Uning nozik, rang-barang jihatlarini chuqur his etadi. — X. Yodgorov — Hayot toʻlqinlari.
Kelib chiqishi
arab. – tomon, taraf; yoʻnalish
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0