Izohli lug‘at
jilva
жилва
Ma’nolari
- Tovlanish, tuslanish.
- Ishva, noz-karashma.
- Jilva qilmoq 1) noz-karashma qilmoq.
Misollar
- Osmon toʻla yulduz, jimir-jimir jilvasi koʻngilga gʻuluv sola-di. — "Yoshlik".
- Quyosh zarrin kokillarini yozib, jilva qilmoqda. — T. Rustamov — Mangu jasorat.
- Quyosh shuʼlasida jilva urib, choʻgʻdek tov-lanib turgan oltinrang va shafaqrang yap-roqlar! — F. Musajonov — Himmat.
- Yigitlar davra olishib, raqqosalar oyogʻi ostiga poyandoz toʻshab, ularning bir jilva nigohi uchun jon fido qilgudek holatda edilar. — N. Safarov — Olovli izlar.
- -Xoʻp, mayli, men ketay, — dedi Hayot, jilva bilan qayrilib. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Yor eshigida turib, Bir jilva qilay dedi, Har xil qiliqlar qilib, Koʻnglini olay dedi. — "Oq olma — qizil olma".
- Kunlardan bir kuni.. uy egasi bundoq qarasa, yoʻlakda sarv-qomat bir juvon jilva qilib turibdi. — Gazetadan; 2) aks etmoq — koʻrinmoq.
- Shuku-rovning koʻzlarida shoʻx uchqunlar jilva qil-di. — O. Yoqubov — Diyonat.
- Uning [Xoʻjabekov-ning\ choʻzinchoq yuzlarida, chuqur tushgan koʻzlarida kinoya jilva qilardi. — S. Anor-boyev — Oqsoy.
Kelib chiqishi
\a. ajia. - yiltirash, shuʼla
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0