Izohli lug‘at
jivir-jivir
живир-живир
Ma’nolari
- takrch. s. Koʻzni qamash-tiradigan darajada tovlanuvchi, juda may-da va koʻp narsalarni bildiradi.
- Jivir-jivir tovlanmoq Rang-barang tusda koʻrinmoq, jilva qilmoq.
Misollar
- Saraton jivir-jiviridan koʻz toliqadi. Lekin gʻoʻza-lar tizzaga urib, qiygʻos koʻsaklab yotibdi. — "Uzbekistan qurikdari".
- Qamchi yangi qizil toʻn kiygan. Hoshiyasiga allaqanday jivir-jivir gul naqshlangan. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Dengiz sathi jivir-jivir oltin yulduzlar bilan toʻlib ketdi, ular ham bular orqasidan chopishadi. — H. Ziyoxonova — Birinchi maktub.
- Uning [boy-ning].. shohi yaktagi quyoilda jivir-jivir tovlanib, uchqunlanib yaltirar edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Bulok, suvi ayniqsa oy-dinda shisha kabi yaltirar, jivir-jivir tovlanardi. — R. Azizxoʻjayev — Yashil chayla. Jivir-jivir qilmoq ayn. jivir-jivir tovlan-moq va jivirlamoq.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0