Izohli lug‘at
jori(y)
жори(й)
Ma’nolari
- Hozirgi kunda, paytda sodir boʻlayotgan, davom etayotgan, olib borilayotgan; amaldagi, kundalik.
- Joriy etmoq (yoki qilmoq) 1) amalga oshirmoq, kuchga kirgizmoq.
Misollar
- Xonani ijaraga olgan kishi, shartnomaga binoan, uni yaxshi saqlashi, joriy remont qilishi lozim. — Gazetadan.
- Shu kungacha koʻplab maktablar kapital va joriy taʼmirdan chiqarildi. — Gazetadan.
- Almashlab ekishni toʻla joriy etdik. — "Oʻzbekiston qoʻriqlari".; 2) tatbiq etmoq, qoʻllamoq, yoymoq.
- Fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilmoq.
- Chorvachilikda kollektiv pudratni keng joriy qilish masalasi gʻoyat muhim ahamiyat kasb etmoqda. — Gazetadan.
Kelib chiqishi
arab. – yugurayotgan; oʻtayotgan, borayotgan
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0