Izohli lug‘at
joy
жой
Ma’nolari
- Biror kimsa yoki narsa ishgʻol qilib turgan yer, yuza, fazo; oʻrin, makon.
- Maʼlum bir voqea-hodisa roʻy bergan yer; ish-harakat, jarayon oʻrni.
- Maʼlum bir narsa yoki ish-harakat uchun eng qulay, mos yer, oʻrin.
- Yer yuzining, fazoning belgili, biror xususiyati bilan ajralib turadigan yeri, nuqtasi.
- Geografik yoki maʼmuriy hudud; taraf, tomon, oʻlka; yurt.
- Biror narsaning ayrim qismi, yeri, boʻlagi.
- Badiiy asar, musiqa va shu kabilarning biror kerakli, qiziqarli yeri, oʻrni.
- Gap, ish, xatti-harakat yoki belgilarning shaxsiy baho berish uchun asos, dastak boʻladigan yeri, oʻrni.
- Yashash, hayot kechirish, yotish-turish uchun xizmat qiladigan yer; uy-joy, hovli-joy, boshpana.
- Oʻtirish yoki yotish uchun qilingan, solingan, toʻshalgan oʻrin; oʻrindiq.
- Meros sifatida qolgan, biror kimsaga tegishli yer-mulk, hovli-joy.
- Ish, xizmat, vazifa, oʻrin.
- Oila, xonadon.
- Gapni (yoki soʻzni) bir joyga qoʻymoq - gap 1.Gap (yoki soʻz, fikr) bir joydan chiqdi - gap 1.Joy qilmoq - yotish, oʻtirish uchun oʻrin hozirlamoq.
Misollar
- Zolimning joyi - jahannam. — Maqol
- Bozor kupi boʻlganiga qaramay, bozor joyi butunlay boʻsh edi. — Sadriddin Ayniy — Qullar
- Miltigʻini joyiga qoʻydi-yu.. kitob mutolaa qilib oʻtirgan Elmurod oldiga keldi. — Shuhrat — Shinelli yillar
- Otabek rahmat aytib, joyidan qoʻzgʻalmadi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Xizmat joyi.
- Avtobus toʻxtaydigan joy.
- Sidiqjon bolaligi oʻtgan.. tor koʻchalarni, qishloq, anhor boʻylarini, sigir boqqan joylarini borib koʻrdi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Mutaxassislarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish.
- Ogʻriq joyini topsa, olti oy qishlaydi. — Maqol
- Bu yer hazilning joyi emas. — Abdulla Qahhor — Ogʻaynilar
- Pastqam joy.
- Bahavo joy.
- Past-baland joylar.
- Tor joyda tomosha. — Maqol
- Erta kuz jalasi togʻlik joylarga juda hafsala bilan quyar edi. — Abdulla Qahhor — Oltin yulduz
- Soʻqmoq katta yoʻlga tutashgan joydan bepoyon dala boshlanar edi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Bu joydan boyning butun paxta dalasi koʻzga tashlanib turar edi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Bizning joylarda anor koʻp.
- Yoʻq, u [Elmurod] bu joylarni tushida ham, oʻngida ham koʻrgan emas. — Pard Tursun — Oʻqituvchi
- Bu joyni xalq qadim zamonlardan beri Kultepa deb atar edi. — Sharof Rashidov — Gʻoliblar
- Goʻshtning yogʻli joyi.
- Kosaning darz ketgan joyi.
- Ipning tugilgan joyi.
- Biror joying ogʻriydimi, Kumush? — Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Abdishukur.. boyvachchaning qoʻlidan kitobni.. olib, kerakli joyini topdi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Baʼzan sevgan qizlaridan kelgan xatning qalbga borib tekkan joylarini bir-birlariga oʻqib berardilar. — Shuhrat — Shinelli yillar
- Bu ishning hech qiyin joyi yoʻq.
- Mening qoʻrqadigan joyim yoʻq.
- Men sizga aytsam, qiyomatli oʻrtoqmiz-u, mendan xafa boʻlgan joyi bor. — Asqad Muxtor — Opa-singillar
- Joy olma, qoʻshni ol. — Maqol
- Yoʻlchi biznikiga ishlagani kelgan, ishlasin. Puli yoʻq, joyi yoʻq.. xotinni nima qiladi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Vagonda beshta boʻsh joy qoldi.
- Bugungi seanslarga joy yoʻq.
- Hojimirsiroj avtobusda joy talashib, bolali bir xotin bilan aytishib qoldi. — Abdulla Qahhor — Yillar
- Xolida kichik qizi Ra’noni uyga yotqizib, eriga joy solgani ayvonga chiqdi. — Ibrohim Rahim — Chin muhabbat
- "Rakat" mavzeida otadan qolgan uch tanob joy bor edi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Mana shu joylar burun Abduvaqqos degan bir eshonga qarashli ekan. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- U yaxshi joyda ishlaydi.
- Jonfigʻon.. xotiniga necha-necha tavba-tazarrular qilib, endi biron joyga kirib ishlashga.. soʻz beribdi. — Abdulla Qahhor — Jonfigʻon
- Bir kun tuz ichgan joyga qirq kun salom ber. — Maqol
- Iqbolingga koʻp yaxshi joydan qalliq chiqdi, bolam. Hammalari biram sipo, biram salobatli odamlar ekan. — Parda Tursun — Oʻqituvchi
- U [Asrorqul] atrofga suv sepib, supaga joy qildi. — Abdulla Qahhor — Asror boboJoyini topdi - 1) joyiga tushdi; 2) ishlatib, hazm qilib yuborildi, egalik boʻlib ketdi.Joyiga keltirmoq (yoki qoʻymoq) - oʻrinlatmoq, oʻrniga qoʻymoq, tegishlicha ado etmoq, bajo keltirmoq.
- Hurmatini joyiga keltirmoq.
- [Muxlis:] Durust, hamma ishni joyiga qoʻydim. Qadrli mehmonlarimizning koʻngillariga putur yetmasa, bas. — Ziyo Said, Nazir Safarov — Tarix tilga kirdiKutmagan (yoki kutilmagan) joyda - kutilmagan paytda, kutmagan holda.
- Boshlanishda anchayin hazilga oʻxshab koʻringan bu ginaxonlik kutilmagan joyda jiddiy bir tus olib ketdi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlarKoʻngli joyiga tushmoq - koʻngil.Koʻnglidan (yoki yuragidan, qalbidan) joy olmoq - koʻnglida qolmoq, yuragidan, qalbidan oʻrin olmoq: koʻnglida chuqur iz, asar qoldirmoq.
- Men xotinim bilan ancha yildan beri turib, undan koʻp yaxshiliklar koʻrganman, bu yaxshiliklarning har qaysisi koʻnglimdan alohida-alohida joy olgan. — Abdulla Qahhor — Oltin yulduzOʻtirgani (yoki oʻzini qoʻygani) joy topolmay qolmoq - hayajondan, kutilmaganlikdan tipirchilab, nima qilarini bilmay qolmoq, sarosimaga tushmoq.
- Gʻulomjon hokimni kutgani bormadi. Uning kelishini eshitgandan beri nafrati qoʻzgʻab, oʻzini qoʻygani joy topolmay qoldi. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otgunchaOʻtqizgani joy topolmay qolmoq - juda katta hurmat bilan kutib olmoq.
- Oftob oyimni boʻlsa Oʻzbek oyim oʻtqizgani joy topolmas, "quda" soʻzi oʻrniga "singlim" deb xitob qilar, oshni ham uning raʼyini soʻramasdan buyurmas edi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlarHushini joyiga keltirmoq - kekkayib, oʻziga ishonib, haddidan oshib ketgan kishini tartibga chaqirib qoʻymoq.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0