Izohli lug‘at
judo
жудо
Ma’nolari
- judo boʻlmoq 1) biror kimsa yoki narsadan ayrilmoq, mahrum boʻlmoq; judolikka uchramoq.
- Judo qilmoq (yoki etmoq, aylamoq) 1) biror kimsa yoki narsadan ayirmoq, mahrum qilmoq.
Misollar
- Aziz doʻstlar, netay, baxti qaro boʻlganga yigʻlayman, Azizimdan tirik, oʻlmay judo boʻlganga yigʻlayman. — Hamza — Paranji sirlari.
- Men bir oyogʻimdan judo boʻldim-u, ammo yuzlab goʻdakning joni salomat qoldi. — Uygʻun — Hayot qoʻshigʻi; 2) Xalos boʻlmoq, ayrilmoq.
- Boshi tanidan judo boʻldi.
- Men bilan Otabekni qamatib, dor ostiga yuboruvchi, Otabek tilidan soxta taloq xati yozib, bir-birimizdan judo etuvchi.. battol Homid ekan. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar; 2) Xalos qilmoq, ayirmoq.
- Boisning qilichi dushman soldatining chap qulogʻi tagiga borib tushdi va uning kallasini tanidan judo qildi. — N. Safarov — Qahramonning tugʻilishi.
Kelib chiqishi
fors. – alohida; ajratilgan, ajralgan
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0