Izohli lug‘at
jun
жун
Ma’nolari
- Hayvon yoki kimsa badanini qop-lagan qalin tuk, moʻy, yung.
- Asosan qoʻy, echki, tuyadan qirqib olin-gan shunday yung, moʻy.
- Jundan tayyorlangan uy-roʻzgʻor buyu-mi.
- Bola-chaqa poʻstakning junini yeydimi? dagʻl. "Oila aʼzolari taʼminotini ham oʻylash kerak" degan maʼnoda ishlatiladi-gan ibora.
Misollar
- Juni mayin qoʻy. Qoʻylarning junini olmoq. Ot agʻnagan yerda jun qolar. — Maqol.
- shya Uqoʻraga kirib ketdi-da, junlari oʻsiq, oriq bir echkini yetaklab chiqdi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Xon boʻksasini koʻtardi, tuya junidan qilingan yumshoq bo-lishga suyandi. — S. Siyoyev — Avaz.
- Titilgan, savalgan jun. m
- Professorning har bir soʻzi uning uchun tilladay qimmatbaho.. Yoʻq, ipakday mayin gʻaram-gʻaram jun olish tilsimining kaliti edi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Xotin boshidagi jun roʻmolini oldi-da, bir-ikki qoqib, yana oʻradi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Kasal boʻlib qolsam, nima boʻladi? Biron ofat kelib qolsa, nima boʻladi? Bola-chaqa poʻstakning junini yeydimi? ..Akam boʻlmasa, ukam boʻlmasa. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0