ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

kallak

каллак

Ma’nolari

  1. Daraxt tanasining shox-butokutari kesib tashlangan yuqori qismi, kesilgan shoxi, butogʻidan qolgan qismi. Abror, oʻgʻlim, ana u behining kallagiga gazeta qistirib qoʻygan edim, shuni olib kel. A. Qahhor, Asror bobo.
  2. Kallak urmoq ayn. kallaklamoq.
  3. Biror narsaning bosh qismi. Silindr-lar kallagi. Raketaning yadroli kallagi.
  4. maxe. Kulolchilikda idish va b. yasashda ishlatiladigan moslama — charxning loy qoʻyiladigan joyi. Kulol charx kallagiga qoʻygan gumbaz-loydan idish yasab, olmadek ortib qolganini tashlab yubormay, hushtak yasaydi. Mirmuhsin, Meʼmor.

Misollar

Kelib chiqishi

\f. LK — kichkina kalla

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish