Izohli lug‘at
kalom
калом
Ma’nolari
- Soʻz; nutq, gap-soʻz; soʻzlash, gapirish.
- Kalomi sharif Qurʼon, kalomullo.
- Xullas(i) kalom Gapning loʻndasi, xulosasi.
Misollar
- Avval taom, baʼdaz kalom. — Matal.
- Soʻzni, Muqimiy, kerak etmak tamom, Mazasi qolmas, uzun oʻlsa kalom. — Muqimiy.
- Menga boqib, salom etib, Har biri bir kalom etib, Soʻzladi ehtirom etib, Topdi bahona qizlarim. — Habibiy.
- Kalomi sharifda yozilishicha, yigʻi-sigʻi qilish ollo taoloning irodasiga qarshi borish bilan barobar gunohdir. — K. Yashin — Hamza.
- Xullasi kalom, shaharni oʻragan nobop halqa uzilib ketdi. — Mirmuhsin — Koʻrinmas halqa.
- Xullasi kalom, ishlarim chakki emas, doʻppim yarimta. — "Mushtum".
Kelib chiqishi
arab. — soʻz, gap, nutq
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0