Izohli lug‘at
kapsan
капсан
Ma’nolari
- map. Qishloq maʼmurlari, ruhoniylari, shuningdek, qishloqqa xizmat qiluvchilarga (maye., mirob, podachi, sartarosh, tegirmon-chi va shu kabilarga) dehqonlar tomonidan mahsu-lot, don bilan toʻlanadigan haq.
- Xirmon koʻtarilganda kambagʻal-larga beriladigan sadaqa-siylov.
- Bozorda sotilgan gʻalladan olin-gan haq.
Misollar
- Bek-ku bu, yigitlari bilan kelibdi, yaxshilikka boʻlsin ishqilib. Kapsan olishga kelgandir-da. — A. Suyun — Olis tonglar.
- Eshak minib choʻlma-choʻl kapsan yiqqan chol hozirgi zamon "Pobeda"siga tushib yuripti. — I. Raxim — Olovkor.
- Oʻzi toʻngʻizdan toʻq, tagʻin sendan kapsan olar emish, voy kapsan yegan tishingga.. — A. Qodiriy — Obid ketmon.
- Shokirjonni "saxiy yigit" deyi-shadi. Oʻzi topgan "kapsan" va "choʻtal"-larning qoq yarmini boshliqlarga beradi. — "Mushtum".
Kelib chiqishi
f. jj... ;L — kimsaning xirmo-nidan maʼmur-amaldorlar oladigan qaq
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0